Sport Dasturlash

author

by Shehroz Raxmatov

01 min read

Feb 26, 2024

alt

Share

Sport dasturlash olimpiadasida ishtirok eting!

2026-yil ilk bor sport dasturlash boʻyicha talabalar xalqaro olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi IOI va ICPC Olimpiadalariga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda terma jamoa tarkibiga iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida sport dasturlash boʻyicha olimpiada tashkil etadi.

🧭Olimpiada 17-mart kuni talabalar oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

⚙️Olimpiadada uch nafar universitet talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning saralash bosqichi 3-mart kuni onlayn tarzda oʻtkaziladi.

🔵Quyida olimpiada qoidalari bilan (https://docs.google.com/document/d/1WClt3zPmBjI4V26w4_Yxn_zbnegsA8VzNL4O-FHvAXk/edit) tanishib, ishtirok etish uchun ushbu havola (https://docs.google.com/forms/d/1YqUCpfuTVuCeYjc_Lfnb2FcevmC8HqApF2lOizy_hhE/edit) orqali roʻyxatdan oʻtishingiz so’raladi.

💬Savollar bilan quyidagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin: https://t.me/icpcuz

Musobaqada TATU Samarqand filiali talabalaridan iborat jamoalar ham ishtirok etishi mumkin

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

author

Shehroz Raxmatov

Beshikdan qabirgacha ilim izla

See all posts by this author